Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-huquqiy islohotlar hamda raqamli transformatsiya jarayonlari oʻrganildi
Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahri Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-huquqiy islohotlar hamda raqamli transformatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab ishchi guruh “Miskin” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, hududdagi ijtimoiy barqarorlik darajasi, jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika tizimi samaradorligini tanqidiy tahlil qildi. Oʻrganishlar davomida “mahalla yettiligi” faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilib, ish samaradorligini oshirish, mutasaddilar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, mahallada olib borilgan tizimli ishlar natijasida jinoyatchilikka chek qoʻyishga va hududni “qizil” toifadan chiqarishga muvaffaq boʻlingani ijobiy baholandi. Senator aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishda jinoyatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabablarini bartaraf etish muhimligini taʼkidladi.
Shundan soʻng ishchi guruh “Qoraqamish dehqon bozori”da raqamli texnologiyalarni joriy etish holatini oʻrgandi. Asosiy eʼtibor tizimni raqamlashtirish, naqd pul aylanmasi shaffofligini taʼminlash hamda sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlarga qaratildi.
Bozorda tashkil etilgan Situatsion tahlil markazidagi texnik vositalarning real vaqt rejimida ishlashi samaradorligi koʻzdan kechirildi, murojaatlarga tezkor javob qaytarish tizimi mexanizmlari hamda ichki ishlar, tibbiy yordam va FVV xizmatlari bilan integratsiyalashuv darajasi oʻrganildi.
Savdo rastalarida QR-kodlar orqali naqd pul aylanmasini raqamlashtirish amaliyoti shaffoflikni taʼminlashda muhim qadam sifatida eʼtirof etildi. Markazning tezkor xizmatlar bilan integratsiyasi esa “xavfsiz bozor” tamoyilini amalda taʼminlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Oʻrganishlar davomida savdo xodimlarining mehnat sharoitlari va aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Mahalla va bozorlarda xavfsizlikni taʼminlash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilab berildi. Mazkur takliflar asosida ishlab chiqiladigan choralar rejasining ijrosi keyinchalik joyiga chiqqan holda oʻrganilishi taʼkidlandi.
Oʻrganish natijalari parlament nazorati doirasida tizimli tahlil qilinib, tegishli sohalarga oid qonunchilikni yanada takomillashtirishda foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring