Olmaotada BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha 28-konferensiyasi uchun Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy bayonoti muhokama qilinmoqda

16:22 24 Iyul 2023 Siyosat
438 0

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi vakillari 24-iyul kuni Olmaota shahrida boʻlib oʻtayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasi (BMT IOʻDK) ishtirokchilari konferensiyasining 28-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy bayonotini tayyorlash boʻyicha mamlakat vakillarining uchrashuvida ishtirok etmoqda.

Tadbirda BMT IOʻDK 28-tomonlar konferensiyasiga (COP 28) tayyorgarlikning asosiy tendensiyalari va global jarayonlari bilan tanishish, shuningdek, COP 28ʼda Markaziy Osiyo davlatlarining yagona pavilyonini birgalikda tayyorlash va tashkil etish boʻyicha mamlakatlar pozitsiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilinmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari mintaqaning iqlim oʻzgarishiga zaifligini va mintaqa davlatlarining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishni taʼminlashda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash niyatini qayd etdi.

Taʼkidlash joizki, Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy bayonoti taqdimoti mintaqa muammolarini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va uning oqibatlariga moslashish boʻyicha muloqotni mustahkamlashda mintaqa davlatlarining birligini jahon hamjamiyatiga namoyish etadi. Qolaversa, Parij kelishuvi maqsadlariga erishish, mintaqa mamlakatlariga iqlim boʻyicha moliya va investitsiyalarni jalb qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер