Olmaota-Bishkek yoʻlida YTH oqibatida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtobus agʻdarilib ketdi: halok boʻlganlar bor
Olmaota-Bishkek trassasida shaharlararo avtobus YTHga uchradi, uch kishi halok boʻldi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, muzlik tufayli yoʻlda shaharlararo avtobus va “Mersedes” toʻqnashib ketgan.
Avtobusda 33 nafar yoʻlovchi, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.
Hodisa oqibatida “Mersedes” rusumli avtomashinada boʻlgan uch kishi halok boʻldi, ular orasida avtobusning yoʻlovchi mashinasiga qulashi oqibatida qisilib qolgan qiz ham bor. Avtobus koʻtarilgandan keyingina uning jasadi mashinadan chiqarib olingan.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar va halok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq. Oʻzbekiston fuqarolarini Olmaota-Toshkent yoʻnalishi boʻylab yurtimizga eson-omon qaytib kelish uchun voqea joyiga tezkorlik bilan avtobus tashkil etildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring