Olmaliqda xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda

16:57 06 Iyul 2023 Jamiyat
356 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Olmaliqdagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmalik kon-metallurgiya kombinatining uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollari”ga bagʻishlangan xalqaro forum ish ishini boshladi.

Xalqaro anjumanda aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov mamlakatimiz konchilarining keyingi yillarda erishayotgan yutuqlari xususida maʼruza qildi.

Shundan soʻng “J.P.Morgan“ bankining ijrochi direktori Yungxa Kim, boshqa bir qator xorijiy kompaniyalar vakillari hamda chet ellik hamkorlar soʻzga chiqishdi.

Forumda germaniyalik tadbirkorlar yangi istiqbolli loyihalar taqdimotini oʻtkazishdi. Unga koʻra, yaqin istiqbolda korxona mahsulotlarini Yevropa va jahon bozorlarida xaridorgirligi taʼminlanib, mis va boshqa rangli metallar ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda xalqaro forum oʻz ishini davom ettirmoqda.

Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер