Olmaliq kon-metallurgiya kombinati olti oylikni 4,0 trln soʻm foyda bilan yakunladi

14:24 07 Iyul 2022 Iqtisodiyot
1341 0

Foto: Illustrativ foto

Olmaliq KMK 2022-yilning birinchi yarim yilligida 16,5 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarib, prognoz koʻrsatkichini 120,4 foizga bajardi.

Byudjetga toʻlovlar 7,3 trln soʻmni tashkil etdi va biznes reja 199,7 %ga bajarildi.

Kombinat olti oylikni 4,0 trln soʻm sof foyda bilan yakunladi. Oʻsish surʼati 2021-yilning shu davriga nisbatan 145,7 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida eksport hajmi 543,9 mln. dollarni tashkil etdi va prognoz 138,2 foizga bajarildi. Eksportning oʻsish surʼati 2017-yilning mos davriga nisbatan 264,0 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida mis ishlab chiqarish hajmi 58 625 tonnani tashkil etib, 2017-yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 135,0 %, oltin 117,4 %, kumush 147,0 %, rux -112,5 %, oltingugurt kislotasi 125,3 %, portlandsement 196,6 % tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер