Olis qishloqda zamonaviy bogʻcha

15:59 20 Aprel 2022 Jamiyat
867 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanidagi «Qurbon qashqar» mahalla fuqarolar yigʻini markazdan eng olis hududda – 20 km uzoqda joylashgan. Shu bois ushbu hududda kichkintoylarni bogʻchaga qamrab olish koʻrsatkichi nisbatan past, uzun navbatlar yuzaga kelgan edi.

Investitsiya dasturi doirasida mahalladagi 20-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrnida ikki qavatli, zamonaviy sharoitlarga ega 120 oʻrinli bolalar bogʻchasi qad rostlagani bu muammoga barham berdi.

— Qariyb 2,5 mlrd soʻm mablagʻ evaziga muassasamizda bolajonlar uchun eng zamonaviy qulayliklar muhayyo etildi, — deydi bogʻcha mudirasi Nilufar Ziyayeva. — Endilikda 20 nafar tarbiyachilarimiz ingliz tili, musiqa, mental arifmetika, sport gimnastikasi mashgʻulotlarini muntazam ravishda oʻtkazish imkoniyatiga ega. Qisqa guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali esa qishloqdagi oʻgʻil-qizlarni maktab taʼlimiga puxta tayyorlashga harakat qilmoqdamiz.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер