Olis ovulda ichimlik suvi taʼminoti yaxshilandi

15:13 22 Aprel 2025 Jamiyat
398 0

Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Boʻzatov tumanining chekka hududlaridan biri boʻlgan “Aspantay” ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi aholi soni ortishi sababli ularning ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish zarurati paydo boʻlgandi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) chekka qishloqlardagi bolalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihasining 26,1 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari asosida “Aspantay”da ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.

Loyiha doirasida 4 dona 1m3 yer osti suvini chuchuklashtiruvchi stansiya toʻliq rekonstruksiya qilindi va quvvatini oshirish uchun 30 metr chuqurlikdagi 2 dona quduq (skvajina) yangidan qurildi.

Natijada 840 nafar fuqaro barcha sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan toza suv bilan taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер