Olimlar saraton xavfini kamaytiradigan vitamin nomini maʼlum qilishdi
Illyustrativ foto
S vitaminini isteʼmol qilish va saratonning rivojlanishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganish maqsadida 3562 ta ilmiy maqolani tahlil qilgan olimlar ushbu vitaminni qabul qilish saraton kasalligi xavfini kamaytiradi, degan xulosaga kelishdi.
Tadqiqotda maʼlum boʻlishicha, S vitaminini isteʼmol qilganlarda siydik pufagi, koʻkrak, qiziloʻngach, oshqozon, oshqozon osti bezi, oʻpka, prostata bezi saratoni, bachadon boʻyni oʻsmalari, buyrak hujayrali karsinomasi va saratonning umumiy chastotasi bilan bogʻliq holatlar juda kam kuzatilgan.
Shu bilan birga, diyetolog Geyl Mayer, tahlil natijalariga koʻra, mazkur vitamin tanaga qanday shaklda tushganligi aniq emasligini taʼkidladi, yaʼni u biologik faol qoʻshimchalar sifatida yoki tabiiy mahsulotlardan.
“Koʻpincha vitamin va mineral qoʻshimchalar biz ularni oziq-ovqatlardan olganimiz kabi foyda keltirmaydi”, deya ogohlantirmoqda diyetolog shu oʻrinda.
Uning taʼkidlashicha, insonlar C vitaminiga boy meva va sabzavotlarni isteʼmol qilish orqali minerallar, antioksidantlar hamda boshqa foydali moddalarni ham qabul qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring