Olimlar multivitaminli qoʻshimchalarning keksa insonlarning salomatligiga taʼsirini baholadilar

00:47 21 Iyun 2023 Dunyo
1060 0

Illyustrativ foto

Oregon shtati universitetidagi Linus Pauling instituti olimlari har kuni multivitaminlarni qabul qilish keksa erkaklarda immunitet hujayralari tomonidan kislorodni qabul qilishni yaxshilashini aniqladilar.

Tadqiqotda 68 va undan katta yoshdagi 35 nafar sogʻlom erkak ishtirok etdi. Ularning yarmi vitamin qoʻshimchasini qabul qildi, ikkinchi yarmi esa platsebo berildi. Ammo ulardan sir tutildi. Ishtirokchilarning hech biriga, agar shifokor tomonidan tayinlangan boʻlsa, tadqiqot davomida D vitaminidan tashqari boshqa qoʻshimchalarni olishga ruxsat berilmagan.

Sinovlar shuni koʻrsatdiki, koʻplab erkaklar tadqiqotgacha maʼlum vitaminlarning maqbul darajasini qabul qilmagan. Natijada ularda olti oydan keyin olimlar karotinoidlarning kamayganini qayd etdilar. Bu shuni anglatadiki, vitamin miqdori yuqori boʻlishi uchun faqat ovqatning oʻzi yetarli emas edi. Karotinoidlar oʻsimliklar tomonidan sintez qilingan sariq, toʻq sariq va qizil pigmentlardir. Baʼzi karotinoidlar, masalan, beta-karotin, koʻrish va immunitetda muhim rol oʻynaydigan organizm uchun A vitaminining qoʻshimcha manbai boʻlishi mumkin.

Tadqiqotchilar kasallik xavfini baholamagan boʻlsalar ham, ular multivitaminlarni qabul qilgan ishtirokchilarning oq qon hujayralari koʻproq kislorod isteʼmol qilishini aniqladilar. Bu ularning immun tizimi multivitaminlar tufayli yaxshilanganligini anglatishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, bu dastlabki xulosalar taxminni kengroq tadqiqotlarda sinab koʻrish kerak.

Koʻp keksa odamlar multivitaminlarni sogʻlom boʻlishga yordam beradi, degan umidda qabul qilishadi. Ammo vitamin qoʻshimchalari kasallik xavfini kamaytirishi mumkinligini tasdiqlovchi ilmiy dalillar hali yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер