Olimlar COVID-19ni oldini olishning yangi va kutilmagan yoʻlini topishdi

16:41 19 Noyabr 2020 Dunyo
1313 0

Kardiff universiteti olimlari tadqiqot oʻtkazishdi va uning yakunida ogʻiz chayish vositalaridan foydalanish turli xil bakteriyalar hamda viruslar, shu jumladan, koronavirus infeksiyasining yangi turini yuqtirib olish xavfini kamaytiradi degan xulosaga kelishdi.

Bu haqda Express nashri xabar bermoqda.

Tadqiqot mualliflarining taʼkidlashlaricha, setilpiridiniya xloridni oʻz ichiga olgan ogʻiz chayish vositalari ogʻiz boʻshligʻida SARS-nCov-2 virusining zarralari miqdorini kamaytirishi mumkin. Zero, mutaxassislar ushbu moddada virusga qarshi taʼsirni qayd etishgan.

Maʼlum qilinishicha, mutaxassislar mashhur ogʻiz chayish vositalarining taʼsirini uch oy davomida oʻrganishgan va bunday suyuqliklar COVID-19 bilan kurashishda yordam berishi mumkinligini aniqlashgan.

“Biroq ushbu tadqiqot hali tekshirilishi kerak”, demoqda nashr.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер