Olimlar ayrim odamlar uchun paratsetamol xavfli boʻlishi mumkinligini maʼlum qilishdi

18:23 09 Fevral 2022 Dunyo
893 0

Illyustrativ foto

Shotlandiyalik olimlar paratsetamol preparati qon bosimi yuqori boʻlgan odamlar uchun xavfliligini maʼlum qilishdi.

Edinburg universiteti olimlari uni uzoq muddat qoʻllash yurak-qon tomir tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, degan xulosaga kelishdi. 

Tadqiqotchilar 110 nafar koʻngilliga ikki hafta davomida kuniga toʻrt marta paratsetamol qabul qildi, shundan soʻng ularga yana ikki hafta davomida platsebo berildi. Shu bilan birga, subyektlarning uchdan ikki qismi ham gipertenziya uchun dori-darmonlar ichishgan. Tajriba natijasida oʻrtacha hisobda subyektlarning qon bosimi koʻtarilganligi aniqlandi.

Natijalarni sharhlar ekan, olimlar paratsetamolni surunkali ogʻriqlar uchun qabul qiladigan odamlar uchun foydalanishni minimallashtirishni va uni gipertoniya bilan ogʻrigan bemorlar va yurak xastaliklarini rivojlanish xavfi yuqori boʻlganlarni davolash rejasidan olib tashlashni tavsiya qilishdi.

“Bu qisqa muddatli foydalanish yoki bosh ogʻrigʻi holatlariga taalluqli emas”, deydi tadqiqotda ishtirok etgan doktor Yen Makintayr.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер