Oliy taʼlim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi
Foto: DXX
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Taʼlim tashkilotlarini litsenziyalash boʻlimi yetakchi mutaxassisi 100 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu mansabdor shaxs Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat oliy taʼlim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish boʻyicha vazirlik tomonidan litsenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga mazkur universitetning mansabdor shaxsidan 100 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXXning Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda vazirlikning yetakchi mutaxassisi soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring