Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Shahrisabz davlat pedagogika institutidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
23-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari bilan tashrif buyurgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Shahrisabz davlat pedagogika institutidagi bunyodkorlik ishlari, yangi qurilayotgan binolar bilan tanishdi. Vazir institutdagi yangi oʻquv yilida foydalanishga topshirilgan 300 oʻrinli zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Axborot-resurs markazida boʻlib, u yerda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Shundan soʻng davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etilayotgan yangi 400 oʻrinli talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishdi. Qurilish ishlarini yanada samarali boʻlishiga doir tegishli koʻrsatmalar berdi.
Vazir boshchiligidagi ishchi guruh, shuningdek, institutning 1-sonli Talabalar turar joyida boʻlib, talabalarning yashash sharoitlarini oʻrgandi. Talabalar turar joyidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur tavsiya va takliflar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring