Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga yangi o‘rinbosar saylandi

13:48 15 Avgust 2023 Jamiyat
678 0

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi birinchi qismining 16-bandi hamda “Oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga asosan Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi.

Majlisda deputatlar muhokamalardan so‘ng B.Narimanov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladilar va mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер