Ohangaronda YHXB inspektorlari va haydovchi oʻrtasidagi vaziyat hamda haydovchining oʻlimi bilan bogʻliq holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Ohangaron tumanida YHXB inspektorlari va haydovchi oʻrtasidagi vaziyat hamda haydovchining oʻlimi bilan bogʻliq holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Holatga aniqlik kiritish uchun YHXB xodimlariga biriktirilgan “Body camera”da aks ettirilgan videotasvirlar olingan.
YHXB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Mazkur holat har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqiladi va natijasi haqida qoʻshimcha xabar qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring