Ogohlik – farovon hayot garovi
Toshkent shahridagi Adju universitetida is gazidan zaharlanishni oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi boʻyicha taktik oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Yashnobod tumani Favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar boʻlimlari, milliy gvardiya boshqarmasi, 3 sonli-tez tibbiy yordam boʻlimi, tuman gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida tashkil etilgan yongʻin oʻchirish amaliy mashqidan koʻzlangan maqsad, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, yongʻin yoki boshqa noxush holatlarda universitet xodimlarining birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishga qaratildi.

Tashkil etilgan oʻquv taktik mashqlarga turli xizmatlarning 20 dan ortiq xodimi, 5 dona maxsus texnika jalb etildi. Ushbu maxsus taktik oʻquv mashqi davomida shartli ravishda, universitet binosida yongʻin kelib chiqqanidan keyin 800 nafar talaba professor oʻqituvchilarni evakuatsiya qilish, yongʻinni oʻchirish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha harakatlar amalga oshirildi. Shuningdek, tadbirda, Yashnobod tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda qay holatda harakatlanish, oʻt oʻchirish uskunalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad, talabalarni va professor oʻqituvchilarni yanada ogohlikka chaqirish, favqulodda vaziyatlarda qutqaruv xizmatlari xodimlarini faoliyatini chuqur oʻrganish bilan birga, ular bilan muntazam ravishda hamkorlik olib borishni yoʻlga qoʻyishdir. Shuningdek bugungi davr, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish orqali, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni muhofaza qilishni har qachongidan ham talab etmoqda. Albatta, inson hayotini asrashda, favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish davrida, qutqaruv xizmati xodimlarining xizmati beqiyosdir. Zero, hech birimiz ogohlik davr talabi ekanligini aslo unutmasligimiz zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring