“Ochiq kutubxona”ga kitoblar toʻplami taqdim etildi

11:46 05 Mart 2025 Jamiyat
205 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqanddagi istirohat bogʻlari, odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda “Ochiq kutubxona”lar faoliyat olib bormoqda. Hatto kitob oʻqib hordiq chiqarish mumkin boʻlgan kafe ham tashkil etilgan.

Yaqinda Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazi hovlisida “Ochiq kutubxona” ishga tushirilib, malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun qulay imkoniyat yaratildi.

Mazkur kutubxonaga viloyat hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan badiiy kitoblar toʻplami taqdim etildi.

— Viloyatimizdagi barcha taʼlim muassasalarida “Ochiq kutubxona”lar faoliyati yoʻlga qoʻyilsa, har kuni kitobsevar pedagoglarimiz va oʻquvchilar uchun oʻzlari yoqtirgan badiiy kitoblarni mutolaa qilish imkoniyati mavjud boʻladi, — deydi viloyat hokimi oʻrinbosari Husan Toʻxtayev.

Darhaqiqat, kelgusida bunday maskanlar yanada koʻpaysa foydadan xoli boʻlmaydi. Chunki ular kitobxonlar sonining ortishiga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер