Nukusda yangi bozor ochildi
Aholiga yana-da qulaylik yaratish, xususan, qurilish materiallariga boʻlgan talabni qanoatlantirish maqsadida Nukus shahar savdo kompleksi qoshida “Qurilish materiallari” bozori tashkil etildi.
Ayni paytda tadbirkorlarning yogʻoch mahsulotlari yangi bozor uchun ajratilgan hududda tartib bilan joylashtirilmoqda.
Aytish joizki, bozorda qurilishda foydalaniladigan boshqa materiallarga ham joy hozirlangan.
Hidoyat AHMEDOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring