Nukusda koʻchatlar noanʼanaviy usulda ekilmoqda
Foto: Халқ сўзи
Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida noanʼanaviy usulda koʻchat ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Gap shundaki, ignabargli daraxt koʻchatlari yuqoridan qaraganda qoraqalpoq xalqining tarixi va milliy naqshlari shaklida yerga qadalmoqda.
“Qoraqalpoq Avtoyoʻl” korxonasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan ushbu videolavhalar Respublika ahamiyatidagi 4 R-176 «Nukus-Chimboy-Taxtakoʻpir» avtomobil yoʻlining 14,3 km (katta aylanma yoʻlida) qismida ekilayotgan koʻchatlar “Qora uy” (oʻtov), qoraqalpoq milliy naqshlari va palma daraxti koʻrinishlarini aks ettirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring