Nukusda ikki oʻsmir koʻl muzi ostida qoldi

09:48 31 Dekabr 2021 Jamiyat
1281 0

Nukusda ikki nafar oʻsmir Qoskoʻl koʻlida muz ostiga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki nafar 11 yoshli bola muz ustida oʻynagan. Keyin muz yorilib, bolalar suvga tushib ketdi. Oʻsmirlar qalinroq muz ustiga mustaqil ravishda chiqishga muvaffaq boʻlishgan, ammo qirgʻoqdan uzilib qolgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar bolalarni qirgʻoqqa sudrab olib chiqib, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, shifoxonaga yetkazgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер