Nomzodlar turniri: Javohir Sindarov Hikaru Nakamura bilan durang oʻynadi
Kiprda boʻlib oʻtayotgan Nomzodlar turnirining 12-turida oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov amerikalik Hikaru Nakamura bilan durang qayd etdi.
Ushbu partiya nomzodlik sikllari tarixidagi eng qisqa oʻyinlardan biriga aylandi. Sindarov va Nakamura 35 daqiqadan soʻng durangga rozi boʻlishdi.
Partiya yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston vakili turnir tugashiga ikki tur qolganda 9 ochkoga ega boʻlib turibdi. Turnirdagi umumiy gʻalabani qoʻlga kiritish uchun unga qolgan oʻyinlarda 0,5 ochko jamgʻarish kifoya qiladi.
Keyingi turda, yaʼni 14-aprel kuni Javohir Sindarov Anish Giriga qarshi dona suradi.
Eslatib oʻtamiz, FIDE Nomzodlar turniri 29-martdan 15-aprelga qadar Kiprda boʻlib oʻtmoqda. Turnir gʻolibi amaldagi jahon chempioni Dommaradju Gukeshga shaxmat toji uchun bahsda chaqiruv tashlash huquqini qoʻlga kiritadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring