Nikaraguaning birinchi elchisi O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tdi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nikaraguaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Tatyana Daniela Garsiya Silvani qabul qildi.
"Nikaraguaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan va birinchi Elchisi Tatyana Daniela Garsiya Silva xonim bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlarimizda foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlarni o'rganish mexanizmlarini muhokama qildik. Tashqi ishlar vazirliklari aloqalarimizda, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan aniq natijalarga erishishda lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim. Elchi xonimga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring