Nigohlari mening soʻzlarimga tushgani uchun Prezidentimdan minnatdorman
Yurtimizda moʻtabar ayol zotiga ehtirom koʻrsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish yoʻlidagi islohotlar bugun oʻz samarasini bermoqda.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligi yoʻlida ulkan tashabbuslar bilan ishtirok etayotgan ayollar hamisha ehtiromda.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.
Bahorning mayin epkinlari esayotgan mana shunday farahbaxsh kunlarda Davlat mukofotlari bilan mukofotlangan xotin-qizlar qatorida men ham borligimdan xursandman.
Men taqdirimni soʻzga tikkanman. Dunyo soʻz bilan yaralgan. Mening qoʻlimga kirgan soʻzlar mening asirlarim, qoʻlimga kiritolmagan soʻzlarning men asiriman.
Nigohlari mening soʻzlarimga tushgani uchun Prezidentimga tashakkur bildiraman. Boshim koʻklarda yuribman. Xayollarimga tugallanmagan dostonlarim, sheʼrlarim quyulib kelyapti. Bu xalqdan qarzim juda koʻpligini sezib turibman.
Xullas, umrimning ikkinchi bahorini men bugundan boshlayapman, desam mubolagʻa qilmagan boʻlaman.
Xosiyat BOBOMURODOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri” unvoni sohibi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring