YTH: Nexia yonib ketdi, haydovchi ichida qolib ketdi
YTH natijasida Nexia yonib ketdi, haydovchi qurbon boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 15-aprel kuni soat 21:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Turkiston QFY Alimbuva MFY Ramadan koʻchasida 1995-yilda tugʻilgan haydovchi I.A. Nexia rusumli transport vositasini harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz Yoshlik koʻchasi tomonga boshqarayotib, yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga chiqib ketgan. Oqibatda qarshisidan oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1968-yilda tugʻilgan haydovchi M.N. boshqaruvidagi harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz Lacetti rusumli transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.
Toʻqnashuvda Nexia rusumli transport vositasi yonib ketgan.
Natijada, Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi I.A. YTH joyida vafot etgan, Lacetti rusumli transport vositasi yoʻlovchisi D.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur xolat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring