“Neftchi”dan gʻalaba, “Xorazm”dan durang

11:16 15 Aprel 2026 Sport
184 0

Kecha, 14-aprel kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasining 7-tur oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda “Xorazm” klubi oʻz maydonida “Qoʻqon-1912” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Oʻyinda kiritilgan gollarga mehmonlardan Babakar Traore va Sunnatilloh Hamidjonov mualliflik qildi. Mezbonlarning javob gollarining biri Silvanus Nimeli hisobiga yozilgan boʻlsa, yana biri avtogol sifatida Sunnatilloh Hamidjonov hisobiga yozildi.

Kunning ikkinchi oʻyinida esa “Bunyodkor” jamoasi oʻz maydonida “Neftchi”ni qabul qildi. Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi.

Birinchi boʻlimning soʻnggi daqiqasida Fargʻona klubining serbiyalik yarim himoyachisi Yovan Yokich “Bunyodkor” darvozasiga toʻp kiritdi va ushbu gol Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoaga 3 ochko keltirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер