Neft bazalarga qarashli 40 ta koʻchmas mulk savdoga chiqarildi

14:57 02 Yanvar 2024 Jamiyat
137 0

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish maqsadida Prezident tomonidan 2022-yil 18-martda “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror qabul qilingan edi.

Hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli ixtisosli boʻlmagan va foydalanilmayotgan aktivlar ochiq savdolarda sotilmoqda. Sotuvga qoʻyilgan yoki qoʻyilmoqchi boʻlgan har bir obyekt boʻyicha toʻliq maʼlumot “Oʻzbekneftgaz” AJning ochiq maʼlumotlar portali, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinmoqda.

Xususan, “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Qarshi neft bazasi” MCHJ, “Navoiy neft bazasi” MCHJ, “Maroqand neft bazasi” MCHJ va “Termiz neft bazasi” MCHJga tegishli boʻlgan koʻchmas mulklar auksion orqali savdolarga chiqarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер