Navoiylik paxtakorlar ham marraga yetib kelishdi
Navoiy viloyati paxtakorlari ham paxta xom-ashyosidan 99.1 ming tonnalik yuksak xirmon yaratishib, uni yetishtirish yuzasidan tuzilgan fyuchers shartnomalarini ado etishdi.
Mehnat gʻalabasi munosabati bilan paxtakor dehqonlarga yoʻllagan tabrikda viloyat hokimi hosildorlik gektar boshiga oʻrtacha 30.5 sentnerni tashkil etganini qayd etib, ayrim fermerlar 45 — 50 sentnergacha hosildorlikka erishgani, demak ishga solinmagan imkoniyatlar bisyorligini taʼkidlaydi.
Eng muhimi, mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan islohotlar samarasi oʻlaroq paxta yetishtirish yurakni bezillatadigan mavsumlar sifatida emas, balki yuksak uyushqoqlik asosida kechmoqda, deyiladi tabrikda. Shuningdek, terimni davom ettirib, umumiy xirmonni 100 ming tonnaga yetkazish rejasi ham tabrikda oʻz ifodasini topgan.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring