Navoiyda quvur klapanlarni oʻzlashtirish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.М.” DUK viloyat filiali va “S.X.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari xususiy korxona tomonidan haqiqatda yetkazib berilmagan 6 turdagi umumiy bahosi 271 mln soʻmlik 55 dona yuqori bosimli quvur klapanlarni kirim qilinganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring