Navoiyda oʻzi xizmat qiladigan uydan tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlagan ayol ushlandi

02:23 20 Dekabr 2021 Jamiyat
1279 0

Navoiyda oʻzi xizmat qiladigan uydan tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlagan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.

Navoiy viloyati Navoiy shahrida akalarining koʻmagi bilan ijarada yoshaydigan ayol odamlarning kundalik yumushlarini bajarib yurgan. Shundan soʻng bir qoʻshnisining farzandariga enaga kerakligini bilib, xizmatga yollangan. Chaqaloqning onasi savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullangani uchun uyda kam boʻlgan. Enaga ayolning nafsi hakalak otib, uy bekasining narsalarini oʻgʻirlay boshlagan. Xususan, tokchada turgan tilla taqinchoqlar orasidan 3 donasini oʻgʻirlagan. 

Xonadon sohibasi tillalari yoʻqolganini bilgach, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Navoiy shahar IIB JQB xodimlari oʻgʻri ayolni ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olgan. Unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasiga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер