Navoiy viloyatida Oʻzbekiston-Xitoy dori texnologiyalari parki qurilishiga start berildi

14:50 26 Avgust 2022 Jamiyat
686 0

Foto: Xalq so‘zi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoy Fanlar akademiyasi Markaziy Osiyoda dori vositalarini yaratish va amaliyotga joriy etish markazi hamkorligida umumiy qiymati 10 mln. AQSH dollariga teng “Farmakologik faol ingrediyentlarni ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston-Xitoy dori texnologiyalari parkini tashkil etish” loyihasining amaliy ijrosiga kirishildi.

Mazkur loyiha uchun “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida 12 gektar yer maydoni ajratilib, rejaga koʻra qurilish ishlariga start berildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan marosimda Innovatsion rivojlanish vazirligi va Shinjon fizik kimyoviy texnika instituti hamda “China-Uzbekistan Medicine Technical Park” MCHJ vakillari, Navoiy viloyati hokimligi masʼullari ishtirok etdi.

Loyihaning amalga oshirishi natijasida Oʻzbekistonda dori vositalarining substansiyalarini ilgʻor texnologiyalar asosida ishlab chiqarishga moʻljallangan noyob korxona vujudga keladi. Mazkur korxonaning qurilishi 3 bosqichda olib borilib, 2024-yilning yakuni bilan toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Biznes-rejaga koʻra, dastlab, 16 turdagi dori vositalarining substansiyalari keng miqyosda ishlab chiqariladi va keyinchalik ularning turi bozor talablariga muvofiq ravishda oshirib boriladi. Tabiiyki, bu yaratilayotgan yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirishga ham zamin hozirlaydi. Dastlabki bosqichda korxonada 45ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер