Navoiy viloyatida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yangi tizimi va tibbiy sugʻurta mexanizmlari muhokama qilindi
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi majlisida Navoiy viloyatida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi tizimi joriy etilishi holati, jumladan tibbiyot muassasalarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish tartibini joriy etish holatini oʻrganish natijalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Navoiy viloyatida 2025-yil 1-iyuldan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish boshlangan.
Maʼlumotlarga koʻra 2025-yilda 61 ta davlat tibbiyot muassasasi bilan 1,4 trln soʻm qiymatidagi tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalar tuzilgan. Mazkur shartnomalarga asosan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari biriktirilgan aholi soni va tarkibiga koʻra “aholi jon boshiga”, shifoxonalar esa bajarilgan ish hajmiga asosan “har bir davolangan holat” toʻlov usullari boʻyicha moliyalashtirilib berilgan.
Reimbursatsiya dasturi asosida hisobot davrida 142 ming bemorga dorixonalardan bepul berilgan 28 turdagi dori vositalarining qiymatini qoplash uchun 4,2 mlrd soʻm dorixonalarga toʻlab berilgan.
Aholining 95,0 foizi oilaviy poliklinikalar kesimida DMED axborot tizimi orqali biriktirildi hamda oilaviy poliklinika va fuqaro oʻrtasida shartnomaviy munosabatlarni yoʻlga qoʻyish boshlangan.
Kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish uchun aholi oilaviy shifokorga murojaat qilishi lozim. Davolash va tashxislash standartlariga muvofiq tor soha shifokorlariga va zarur hollarda shifoxonalarga yoʻllanmalar berish yoʻlga qoʻyilgan.
Kunduzgi shifoxonalardagi oʻrinlar soni 14 foizga oshirilib, ushbu oʻrinlarda davolangan bemorlar soni 30 foizga koʻpaygan.
Qoʻmita majlisida Navoiy viloyatida aholining kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanishi, tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishi, zarur hollarda shifoxonalarga elektron yoʻllanma olishi va yoʻllanma asosida tor soha shifokori tomonidan koʻrikdan oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilganligi senatorlar tomonidan taʼkidlandi.
Shu bilan birga, senatorlar qayd etishicha, aholi dori vositalari elektron retsept asosida kafolatlangan paket doirasida bemorlarga dorixonalar tomonidan bepul berilishidan, kafolatlangan tibbiy xizmat paketidan foydalanish tartibidan yetarli darajada xabardor emas, natijada bemorlar statsionar muassasalarga tegishli yoʻllanmasiz murojaat qilishda davom etmoqda.
Shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy brigada aʼzolarining tushuntirish-targʻibot ishlari yetarli boʻlmaganligi natijasida onkogematologik kasalliklar, koʻkrak bezi hamda bachadon boʻyni saratonini erta aniqlashga qaratilgan tekshiruvlar belgilangan muddatlarda oʻtkazilmayapti.
Majlisda shifokorlarning elektron axborot tizimi bilan ishlash boʻyicha malaka va amaliy koʻnikmalarini oshirish, birlamchi tibbiyot muassasalari xodimlari, patronaj hamshiralar tomonidan aholiga tibbiy sugʻurta tizimining afzalliklari haqida tushuntirish-targʻibot ishlarini muntazam ravishda olib borish zarurligi boʻyicha tavsiyalar berildi.
Majlis yakunida tibbiy sugʻurta tizimini joriy etishni takomillashtirishga qaratilgan Qoʻmita qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring