Navoiy viloyatida 13 ta olis qishloq internet tarmogʻiga ulandi

13:58 25 Oktyabr 2023 Jamiyat
261 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Prezidentimizning «2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmogʻi bilan qamrab olish darajasi hamda xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻllari boʻylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini oshirish, shuningdek, optik tolali aloqa liniyalarini qurish orqali olis hududlardagi aholi xonadonlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash imkoniyatini yaratish vazifalari belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida joriy yil boshidan buyon Navoiy viloyati boʻyicha 2,03 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, 22,07 ming portga teng telekommunikatsiya uskunalari oʻrnatildi.

— Amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi yashash maskanlarini optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olish darajasi 88 foizga yetkazildi, — deydi Raqamli texnologiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy shoʻbasi boshligʻi Alisher Boʻronov. — Shuningdek, viloyatda mobil aloqa va mobil internet qamrovini kengaytirish va sifatini yanada yaxshilash maqsadida qoʻshimcha 150 ta yangi baza stansiyalari oʻrnatildi va modernizatsiya qilindi. Natijada viloyatdagi aholi yashash maskanlarining mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlanish darajasi 97 foizga yetkazildi.

Shu taxlit yaqin-yaqinlargacha hech bir mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlanmagan aholi yashash maskanlari ham mobil aloqa va mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Xususan, Konimex tumanining “Qaraqata” OFY, “Boymurod” MFYning Yangi turmush aholi yashash maskani, Tomdi tumanining “Tomdibuloq” OFY, Jingildi aholi yashash maskani, Uchquduq tumanidagi “Koʻkayaz” OFYning Aqbaytal va Koʻkayaz aholi yashash maskanlari, Nurota tumanining “Kattasoy” MFY Kichiksoy aholi yashash maskani, “Suvliq” MFYning Moduvot va Sovuqbuloq qishloqlari aholisi mobil aloqa va mobil internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilib, viloyat markazidan 250 kilometrdan 500 kilometrgacha olis masofada joylashgan qishloqlardagi   maktablar yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulandi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер