Navoiy shahridagi doʻkonlardan birida qalbaki pul bilan savdo qilgan yigit ushlandi

23:48 20 Dekabr 2021 Jamiyat
1241 0

Navoiyda qalbaki pul muomalasida gumon qilingan yigit qoʻlga olindi. U mahalliy doʻkonda qalbaki 100 dollar pul bilan savdo qilgan. Bu haqda prokuratura departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea Qiziltepa tumanidagi Tavois mahallasida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, qoʻlga olish chogʻida xaridordan har biri 100 dollarlik 12 dona qalbaki pullar topilgan.

Mazkur shaxsga nisbatan 176-modda (Qalbaki pullar, aksiz markalari yoki qimmatli qogʻozlar tayyorlash, sotish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер