“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJning quvvati 478 MVt boʻlgan 1-sonli bugʻ-gaz qurilmasida mukammal taʻmirlash ishlari davom etmoqda

17:32 11 Sentyabr 2023 Jamiyat
462 0

Ish jarayonida zamonaviy energoqurilmaning barcha asosiy va yordamchi uskunalari koʻzdan kechirilib, aniqlangan nuqsonlari bartaraf qilinmoqda.

Ishlarni tez va sifatli bajarish maqsadida, stansiya ishchi guruhi qatori Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi hamda “Oʻzbekenergotaʻmir” AJdan 150 nafarga yaqin mutaxassis jalb qilingan.

Energoqurilmada olib borilayotgan taʻmirlash ishlaridan koʻzlangan asosiy maqsad — kuz-qish mavsumida qurilmaning ishonchli ishlashini taʻminlash orqali isteʻmolchilarga sifatli hamda barqaror elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер