Navoiy – barhayot siymo

16:39 09 Fevral 2023 Jamiyat
972 0

Foto: Xalq so‘zi

Guliston shahrining qoq markazida ulugʻ ajdodimiz, buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning haykali bor. Haykal atrof-javonibidagi manzil “Alisher Navoiy nomidagi bilimdonlar maskani” deb ataladi.Soʻnggi yillarda bunyod etilgan ushbu goʻzal goʻsha bugungi kunda mahalliy aholi va mehmonlarning eng sevimli joyiga aylangan.

Yogʻochdan qurilgan oʻzbekona ayvonlari, hamisha sarishta hovlisi, gulzorlar maydonga ajib bir nafosat baxsh etib turadi. Va oʻz navbatida ulugʻ shoirimiz nomiga mutanosib ravishda ushbu maydon sanʼat, adabiyot va madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tantanalar markazi ham sanaladi. Mana, bir necha yildirki, uning sahnida tez-tez sheʼrxonlik, maqom konsertlari oʻtkazib turilishi odat tusiga kirdi.

Bugun Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan tantanalar ham ayni maskandan boshlandi. Qator tashkilot, idoralar jamoalari, taʼlim muassasalari, ijod ahli, aholi vakillari, yoshlar ishtirokida oʻtgan tadbirda ulugʻ shoirimiz siymosi poyiga gullar qoʻyilib, hazrat Alisher Navoiy xotirasiga ehtirom koʻrsatildi.

Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida boʻlib oʻtgan asosiy tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev benazir shoirning boy va serqirra ijodiy merosi, ibratli hayot yoʻli haqida toʻxtalib, asarlarida ulugʻlangan ezgu gʻoyalar xalqimiz, yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Tantanali tadbirning adabiy-badiiy qismida teatr jamoasi tomonidan «Lison-ut tayr» asari asosida sahnalashtirilgan “Qush tili” spektakli namoyishi boʻlib oʻtdi.

— Navoiyning benazir shaxsiyati, bebaho adabiy merosi va faol ijtimoiy salohiyati biz, yoshlar uchun ibrat maktabidir, — deydi Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi Muslima Risqulova. — Bu yil men Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga munosib topildim. Bu imkoniyat, bu eʼtibor bundanda aʼlo oʻqish, tinmay intilib, izlanish masʼuliyatini oshirdi. Bugun hazrat Navoiy tavalludiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan tadbirlarda tengdoshlarimning faolligini koʻrib, shoir ijodi va hayoti haqida teran fikrlarini tinglab, ilm yoʻlini tanlagan yoshlarimiz safi keng ekaniga ishonchim ortdi. Zotan, Navoiy yozganidek, Yigitlikda yigʻ ilmning mahzani,

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер