NATO bosh kotibi Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish xavfini baholadi

22:50 05 Noyabr 2022 Dunyo
1594 0

Foto: Reuters

NATO bosh kotibi Stoltenberg Rossiyaning Ukrainaga yadroviy zarba berish xavfi unchalik katta emasligini aytdi.

Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish xavfi kichik, ammo NATO bunga jiddiy qaramoqda. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg aytib oʻtdi.

“Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish xavfi kichik, ammo oqibatlari juda katta, shuning uchun biz bunga juda jiddiy qaraymiz”, dedi Bosh kotib. U Moskvani ehtiyotsizlik va masʼuliyatsiz xatti-harakatlarda aybladi. Uning fikricha, yadro qurolidan foydalanish mojaroning mohiyatini oʻzgartiradi.

“Yadro urushida gʻoliblar boʻlmaydi. Biz buni Rossiyaga aniq yetkazdik. Rossiyaning yadroviy pozitsiyasi oʻzgarmadi”, deydi Stoltenberg.

Avvalroq “Katta yettilik” davlatlari Rossiyaning ritorikasini qoralab, uni Ukraina hududida yadro quroli qoʻllanilsa, oqibatlari haqida ogohlantirgani xabar qilingandi. 

“Rossiya tomonidan kimyoviy, biologik yoki yadroviy qurollardan har qanday foydalanish jiddiy oqibatlarga olib keladi”, deyiladi G7 bayonotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер