Namangandagi “Chorsu” dehqon bozorida yongʻin sodir boʻldi

17:13 07 Mart 2022 Jamiyat
942 0

Foto: UzA

Namangan viloyatining markazi – Namangan shahrida joylashgan “Chorsu” dehqon bozoridagi oshxonalarning birida yongʻin sodir boʻldi.

Bu haqida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Qahramon Sattorov maʼlum qildi.

Xabar berilishicha, Namangan shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimiga bozor hududida joylashgan oshxonalardan birining yertoʻlasida yongʻin yuz bergani haqida tezkor murojaat kelib tushgan.

Voqea joyiga boshqarmaning 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. Yongʻin koʻlami kata ekanligi sababli qoʻshimcha yongʻin-qutqaruv avtomashinalari ham jalb etilgan.

Ayni vaqtda yongʻinni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Yongʻin sababi, zarari hali aniqlanmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер