Namanganda mashinani oʻgʻirlagan «prava»si yoʻq haydovchi YPX xodimini urib yubordi
Foto: Халқ сўзи
Maʼlum boʻlishicha, Namangan shahrida haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan 2003-yilda tugʻilgan shaxs “Matiz” avtomobilini boshqarib, yoʻlda xizmat olib borayotgan YPX xodimining toʻxtash ishorasiga boʻysunmasdan, uni urib yuborib, hodisa joyidan yashirinadi.
Natijada xodim zarb oqibatida tan jarohatlari olgan. Surishtiruv davomida ushbu shaxs qoʻlga olindi. Avtomobil esa ustaxonadan topilgan.
Namangan shahar prokuraturasi tomonidan 2003-yilda tugʻilgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi tartibida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu shaxs Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring