Namangan shahrida 16 yoshli maktab oʻquvchisi “Shimoliy Fargʻona kanali”ga tushib, choʻkib ketibdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 8-iyun kuni soat 13:20 larda Namangan shahar Sanoat Mahalla fuqarolar yigʻinida yashagan 2008-yilda tugʻilgan F.Y. (ismi tahr. (oʻgʻil bola)) shaharning Oltitosh MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Shimoliy Fargʻona kanali”ning qirgʻogʻiga qoʻl yuvish maqsadida tushib, oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib suvga oqib ketgan.
Manbaga koʻra, shu sababli joriy yilning 8-iyunidan, bugun, 15-iyun kuniga qadar viloyat FVB yongʻin qutqaruv otryadi suvda qidiruv qutqaruv qutqaruvchilari kanal uzunligi boʻylab suv ostida va Namangan shahar, Davlatobod, Toʻraqoʻrgʻon, Chust, Pop tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimlari yongʻin qutqaruvchilari tomonidan suv usti qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring