Namanganda liftda qamalib qolgan 7 kishi qutqarildi
Foto: Namangan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati
Namanganda FVV liftda qamalib qolgan 7 kishini qutqardi. Bu haqda Namangan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 13-fevral kuni soat 12:50 da Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor 1050 qisqa raqamiga Davlatobod tumani Yuksalish dahasi Navqiron koʻcha 41-uyning liftda 7 nafar fuqaro qamalib qolganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushdi. Zudlik bilan voqea joyiga boshqarma Yongʻin-qutqaruv Otryadining yongʻin-qutqaruvchilari etib borib, lift ichida qolgan 7 (1 nafar erkak kishi, 5 nafar ayol kishi va 1 nafar 5 yoshli bola) kishini sogʻ-salomat lift ichidan qutqarib olishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring