Namanganda “Lacetti” haydovchisi yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi

14:02 07 Yanvar 2022 Jamiyat
1027 0

Namangan viloyatida 2021-yilning 29-dekabr kuni “Lacetti” yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea soat 17:30 atrofida Yangiqoʻrgʻon tumanida sodir boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, “Lacetti” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, 42 yoshli piyodani urib yuborgan. Natijada jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер