Namanganda “Damas” yoʻlni kesib oʻtayotgan 8 yoshli bolani urib yubordi (18+ video)
Joriy yilning 14-aprel kuni soat 16:30larda, Namangan viloyati, Namangan tumani, Mullaqudinov MFY hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida, haydovchi, 1986-yilda tugʻilgan A.S. «Damas» rusumli avtomobilni boshqarayotib chap tomondan oʻng tomonga yugurib yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan va boshqaruvni yoʻqotib avtomobil agʻdarilgan.
Natijada, piyoda, 2013-yilda tugʻilgan A.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Namangan tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring