Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Namangan viloyatining Chust tumanida 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, “Ch.Sh.” MChJ masʼullari ishlab chiqarish sexida elektr energiyasi hisobi uchun oʻrnatilgan tok transformator qasddan uzib qoʻyib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 159 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring