Namangan viloyatida 200 ming aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

20:11 27 Mart 2019 Jamiyat
1216 0

Illyustrativ foto

2020 — 2025 yillarda Namangan viloyatida 200 ming aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha loyiha amalga oshiriladi. U yaqinda Neft eksportchi-mamlakatlari tashkiloti (OPЕK) Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlandi. Loyiha qiymati 54 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kredit 20 yilga besh yillik imtiyozli muddat bilan beriladi.

Shu orqali Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 22 ta aholi punkti va qisman Namangan hududiga ichimlik suvi yetkazib berish rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, OPЕKning Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasiga 1976 yilda asos solingan. Oʻzbekiston ushbu tashkilot bilan 2000 yildan beri hamkorlik qilib keladi. Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekiston davlat sektori uchun maʼqullangan moliyaviy mablagʻlar portfeli bugungi kunda 125,9 million AQSH dollarini tashkil etadi.

U mamlakatlarda irrigatsiya, melioratsiya, suv taʼminoti va kommunal xoʻjaliklar sohalaridagi loyihalarni amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlab keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер