Namangan va Andijon viloyatlarida oʻtkazilgan reydlarda jinoyat olami vakillari ushlandi

15:10 04 Yanvar 2024 Jamiyat
432 0

Namangan viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar oʻtkazgan tezkor-profilaktik tadbirlarda tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxs ushlangan.

Xususan, oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 20 ta holatda koʻp miqdordagi giyohvandlik moddalari, 7 ta holatda 4 615 dona psixotrop dori vositalarini saqlash va oʻtkazish holatlari, 13 dona noqonuniy qurol hamda 190 dona oʻq-dorilarni saqlash holatlari, 61 000 donadan oshiq turli xil pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi.

Andijon viloyatidagi profilaktik tadbirlarda jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, “oʻzidan yetakchi yasab olganlar” hamda ularga yaqin boʻlgan shaxslar qoʻlga olinmoqda. Xususan, bezorilik, tovlamachilik va giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib 3 nafar shaxs hibsga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер