Nafaqalarning bir oylik oʻrtacha miqdori 652,8 ming soʻmni tashkil etib, 2022-yil mart oyiga nisbatan 77,3 ming soʻmga yoki 13,4 foizga koʻpaygan
Bu haqda AOKAda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Pensiya tizimini avtomatlashtirish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida:
— Pensiya jamgʻarmasi va Majburiy ijro byurosi axborot tizimlari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan axborot almashinuvi samarasida fuqarolarning pensiya miqdorlaridan sud qaroriga asosan toʻlovlarni amalga oshirishda ovoragarchilik va inson omiliga butunlay chek qoʻyildi;
— 2023-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash faqat birgina pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi orqali tayinlash tizimi joriy etildi;
— “Hujjatlar-telefonda” tamoyili asosida mobil ilova orqali pensiya guvohnomasini mobil ilovaga oʻtkazish va uni QR-kod orqali ham identifikatsiyalash yoʻlga qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring