Mutaxassislarga dronlarni boshqaruvchi-operatori sertifikatlari topshirildi
Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi doirasida geologik tasvirlash ishlari, geologiya-marksheyderlik oʻlchovlari hamda xavfli geologik jarayonlarni oʻrganishda foydalanish uchun Rossiya Federatsiyasi “GEOSCAN” kompaniyasining “GEODEZIYA 101” uchuvchisiz uchish qurilmasi (dron) xarid qilindi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi tegishli qarori ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirildi.
Joriy yilning 2-11-noyabr kunlari Davlat geologiya qoʻmitasi va “GEOSCAN” kompaniyasi (Rossiya) mutaxassislari bilan hamkorlikda yosh kadrlar malakasini oshirish maqsadida, “GEODEZIYA 101” uchuvchisiz uchish qurilmasidan (dron) foydalanish va olingan maʼlumotlarni qayta ishlash» mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Unda Davlat geologiya qoʻmitasi tasarrufidagi “Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish” Davlat xizmati va “Regionalgeologiya” Davlat unitar korxonasining geodeziya sohasi boʻyicha mutaxassislari qatnashishdi. Oʻquv seminar davomida Toshkent viloyatining Boʻstonliq hamda Parkent tumanlarida faol amaliy mashgʻulotlar ham boʻlib oʻtdi. Seminar yakunida qatnashuvchilarga “Geodeziya-101” uchuvchisiz uchish qurilmasining boshqaruvchi-operatori sertifikatlari topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring