Munosib nomzodlar tanlab olindi
Foto: Xalq so'zi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi 40-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilning 30 aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish masalasi ko‘rilib chiqildi.
Nomzodlar sessiya ishtirokchilariga tanishtirilgach, ular deputatlarning ovoz berish yo‘li orqali tasdiqlab olindi. Bunga qadar esa shaharda tashkil etilgan 127 ta uchastka komissiyalari a’zoligiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan nomzodlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgan edi.
Bu kabi sessiya xalq deputatlari Andijon tuman Kengashida ham bo‘lib o‘tdi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq so‘zi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring