Moskvadan Termizga parvozlar soni oshmoqda
Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi 2023-yil 6-fevraldan boshlab Moskvadan Termizga parvozlar sonini oshirdi.
Avvalroq aviatashuvchi Moskva — Termiz yoʻnalishi boʻyicha haftada bir marta: juma kunlari yoʻlovchi qatnovlarini amalga oshirgan. 6-fevraldan boshlab Termiz xalqaro aeroporti “Vnukovo” (Moskva) aeroportidan seshanba kunlari qoʻshimcha reysni amalga oshiradi.
Qatnovlar “Sukhoi Superjet” 95 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Azimut — Rostov-na-Donu va Krasnodarda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring