Moskvada muhojirlarning kontrabandasi bilan shugʻullangan ikki oʻzbek ushlandi
Rossiyada huquqni muhofaza qilish organlari mehnat muhojirlarini “davolanish” uchun Moskvaga noqonuniy olib kirayotgan Oʻzbekistonlik ikki erkakni hibsga oldi. Bu haqda “360tv.ru” xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, uch kishi: ikki Oʻzbekiston fuqarosi va bitta rossiyalik Moskva aeroporti orqali chet elliklarning noqonuniy migratsiyasi uchun yoʻl ochgan. Buning uchun ular chegarachilarga soxta tibbiy maʼlumotnomalarni koʻrsatgan. Aytilishicha, unda Moskvada davolanishni talab qiladigan kasalliklarga chalingan muhojirlar tasvirlangan.
Aslida, chet el fuqarolarida hujjatlarda koʻrsatilgan kasalliklar boʻlmagan, ular Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston fuqarolari Xoroshevskiy tuman sudi qarori bilan hibsga olinganligi qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring